Marketpleyslar Uchun Bayor Xizmati va Kargo: Uzum va Wildberries — Ethno Logistics
Onlayn Marketpleys Egalari Diqqatiga: Biznesingiz Ishini 30-40% ga Yengillashtiradigan Maxsus Taklif!
Agarda sizning shaxsiy onlayn do'koningiz, Uzum, Wildberries, Yandex Market kabi marketpleyslarda savdo qiladigan biznesingiz bo'lsa, xaridlar va logistika jarayoni qancha vaqt hamda asabni talab qilishini judayam yaxshi bilasiz. Yetkazib beruvchilar bilan savdolashish, to'lov qilish, tovarning omborga yetib kelishini poylash va har bir posilka ortidan yugurish tadbirkorning eng qimmatli resursini — vaqtini tortib oladi.
Biz sizga operative va kundalik ishlaringizni 30% dan 40% gacha yengillashtiradigan samarali yechimni taklif etamiz!
Ethno Logistics Bayorlik (Sotib Olib Berish) Xizmati Nima?
Ethno Logistics tarkibidagi ETHNO Buyer xizmati — bu shunchaki yuk tashish emas, balki xaridlaringizni to'liq o'z zimmasiga oladigan professional jamoadir. Bu degani, siz endi xorijdagi (Xitoy, Turkiya, Rossiya) har bir buyurtmangiz bilan boshingizni og'ritib, sotuvchilar ketidan yugurib yurmaysiz.
Jarayon qanday ishlaydi?
- Siz bizning tajribali bayorlarimizga bog'lanasiz.
- Kerakli tovarlar havolasini (linkini) va sonini kiritib, buyurtmangizni topshirasiz.
- Bo'ldi! Qolgan barcha bosqichlarni — sotib olish, sifatini tekshirish, hujjatingizni rasmiylashtirish va Toshkentga yetkazib berishni bayorlarimiz to'liq o'z zimmasiga oladi.
Bayorlarimiz tovarlar qo'lingizgacha (yoki omboringizgacha) xavfsiz va aniq yetib kelishini kafolatlaydi.
Marketpleys Sotuvchilari Uchun Qo'shimcha Afzalliklarimiz
Marketpleyslarda tovar uzluksizligi va uning sifati birinchi o'rinda turadi. Shu sababli biz tadbirkorlarimizga quyidagi amaliy imkoniyatlarni taqdim etamiz:
- Bank To'lovlari Yechimi: Sanksiyalar yoki bank blokirovkalari sababli xorijga pul o'tkazish muammosi bormi? Biz to'lovlarni qonuniy va xavfsiz amalga oshirishga yordam beramiz.
- Foto va Video Otchet: Tovar omborimizga kelganida, uning o'lchami va rangi to'g'riligiga ishonch hosil qilishingiz uchun so'rovingizga ko'ra foto-otchet yuboramiz.
- Moslashuvchan Hacmlar: Siz 50 kg yoki 100 kg lig yig'ma (sbornyy) yuklardan tortib, butun furalargacha bemalol buyurtma berishingiz mumkin.
Nega Ethno Logistics?
Ethno Logistics kompaniyasi 2015-yildan beri Rossiya, 2021-yil oktyabridan beri Turkiya hamda 2026-yil boshidan Xitoy yo'nalishlarida xalqaro kargo va logistika sohasida barqaror faoliyat yuritib kelmoqda.
Rutina ishlarni bayorlarimizga topshirib, o'z vaqtingizni biznesingizni rivojlantirish va savdoni oshirishga qarating! Bayorlarimiz xizmatidan bemalol va samarali foydalanish imkoniyatiga egasiz.
Batafsil ma'lumot olish va hamkorlikni boshlash uchun kontaktlar bo'limida ma'lumotlaringizni qoldiring — mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanishadi! Bizning tariflarimiz va yo'nalishlarimiz bilan Geografiya sahifasida tanishishingiz mumkin.
Buyurtmangiz uchun yetkazib berishni hisoblash
Menejer usulni tanlaydi va narxni 15 daqiqada tasdiqlaydi.

